Iqtisodiyot va moliya vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, «Tashabbusli budjet» loyihasining joriy yilgi 2-mavsumida jami 18,7 ming loyiha ishtirok etdi.
Ulardan 2,3 ming loyiha g‘olib bo‘lib, loyihalarni amalga oshirish uchun 3,2 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. Jarayon davomida 11,1 milliondan ortiq ovoz berilgan.
G‘olib loyihalarning aksariyatini ichki yo‘llarni (piyodalar yo‘lakchasi, yo‘l o‘tkazgichlar) ta’mirlash (1186 ta), umumta’lim maktablarini (460 ta) va sog‘liqni saqlash muassasalarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish (232 ta) tadbirlari tashkil qiladi.
Loyihalari eng ko‘p g‘olib chiqqan hududlar:
Farg‘ona viloyati – 274 ta; Toshkent viloyati – 230 ta; Samarqand viloyati – 220 ta.
Shuningdek, ushbu hududlardagi loyihalarning katta qismi yo‘l ta‘miriga aloqador...