Rossiyaning yirik aviakompaniyasi «Aeroflot» 14-sentabrdan boshlab Moskva va Sankt-Peterburgdan O‘zbekistonning bir necha shaharlariga muntazam parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda «Ria Novosti» ma’lum qildi.
Bundan tashqari, 13-sentyabrdan boshlab Moskva – Samarqand reyslari haftasiga 3 martadan 5 martaga oshiriladi. Yangi parvozlar seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi, qaytish esa chorshanba va yakshanba kunlariga belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent — Urganch yo‘nalishida qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yilishi haqida yozgan edik.