Xitoyning Li Auto kompaniyasi Volkswagen’ning yangi range-extender texnologiyasi haqida keskin fikr bildirdi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.
2-mart kuni Xitoyda SAIC-Volkswagen zavodida EA211 seriyasiga mansub yangi dvigatel ishlab chiqarish liniyasidan chiqdi. Bu tizim Volkswagen’ning Xitoy bozori uchun mo‘ljallangan ilk EREV flagman krossoveri — ID. Era 9X modeliga o‘rnatiladi. Modelning dastlabki savdolari mart oyida boshlanishi kutilmoqda.
Mazkur dvigatel EA211 1.5T EVO II turbomotoriga asoslangan. Unda o‘zgaruvchan geometriyali turbina, Miller sikli va 350 bar yoqilg‘i bosimi qo‘llangan. Bu texnologiyalar elektr energiyasi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va chiqindilarni kamaytirishga qaratilgan.
Biroq Li Auto kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha direktori Volkswagenni kinoya bilan...