Bugun, 3-mart kuni Shavkat Mirziyoyev tomonidan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qaror imzolandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjatga ko‘ra, mamlakatimizda o‘z iqtidori, tashabbuskorligi va yutuqlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, ta’lim, fan, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari hamda jamoatchilik faoliyatida yuqori natijalarga erishgan iqtidorli qizlar mukofot bilan taqdirlanadi.
Milliy mukofot komissiyasi taklifiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan eng munosib nomzodlar saralab olindi. Mukofot sohibalariga 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosimda diplom va ko‘krak nishonlari topshiriladi.
Shuningdek, har bir sovrindorga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishi...