1-mart kuni Sergeli avtomobil bozorida «inomarkalar» qatori ko‘zdan kechirildi. Ma’lum bo‘lishicha, bozorda bir qancha modellar hamyonbop narxlarda taklif qilinmoqda.
Sergeli bozorida narxlar juda keng diapazonda. Eng arzon inomarkalar $2,2 – 3 ming atrofidan boshlanadi. O‘rtacha segment $12 – 17 mingda. Premium va yirik yo‘ltanlamaslar esa $60 mingdan yuqori narxlarda taklif qilinmoqda. Quyida ulardan ba’zilari haqida ma’lumot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kia Soluto Chevrolet Cobalt o‘rnini bosa olishi mumkinligi haqidagi taxmin o‘rganilgandi. Chevrolet Cobalt kuchliroq dvigatel va 6 pog‘onali avtomat bilan taklif etiladi. U taksi bozorida mustahkam obro‘ga ega. Kia Soluto esa zamonaviyroq salon va Kia brendi bilan...