Indoneziya, Tailand va Shri-Lankada kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik natijasida yuzaga kelgan suv toshqinlarida o‘zbekistonlik qurbonlar qayd etilmagan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonot berdi.
TIV ushbu davlatlardagi qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi. Shuningdek, jarohat olganlarning tez fursatda sog‘ayib ketishini tilagan.
Vazirlikning diplomatik vakolatxonalari favqulodda vaziyat yuzasidan mahalliy hokimiyatlar bilan uzluksiz aloqada bo‘lmoqda. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston fuqarolari orasida halok bo‘lgan, bedarak yo‘qolgan yoki jarohat olganlar aniqlanmadi.
TIV vaziyatni doimiy nazorat ostiga olganini ma’lum qildi va xorijdagi o‘zbekistonliklar uchun aloqa raqamlarini e’lon qildi.
Favqulodda vaziyat bo‘yicha murojaat uchun aloqa raqamlari:
O‘zbekistonning Indoneziyadagi...