BYD kompaniyasi 5-mart kuni yirik Tech Day tadbirini o‘tkazadi. Bu haqda CarNewsChina nashri ma’lum qildi. Unda Seal 07 EV rasman sotuvga chiqariladi.
Shuningdek, tadbirda Song Ultra EV, yangilangan Denza Z9 GT va 2026-yilgi Yangwang modellari esa oldindan buyurtmaga ochiladi.
Texnologik yangilanish fonida kompaniya bozor bosimini kamaytirishga urinmoqda. BYD fevral oyida 190 ming dona avtomobil sotgan bo‘lsa-da, bu o‘tgan yildagiga nisbatan 41 foizga kamaygan. Ichki bozordagi pasayish Xitoyda elektromobillar uchun soliq imtiyozlari qisqarishi bilan izohlanmoqda.
Yangi Song Ultra elektromobili o‘rta hajmdagi SUV bo‘lib, 270 kW quvvatli orqa motor bilan jihozlangan. Maksimal tezligi 210 km/soatga yetadi. 75,6 va 82,7 kWh sig‘imli...