Javohir Sindarov navbatdagi g‘alaba va Qamchiq dovonidagi qor — 4-mart kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.
Poytaxt avtobus bekatlaridagi do‘konlar olib tashlanadi
Toshkent shahrida jamoat transporti infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha aniq reja asosida ishlar olib borilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi. Yo‘lovchi oqimi ortib borayotgani sababli poytaxtda bekatlarni tartibga solish va yangilash ishlari davom etmoqda. Bu jarayon Raqamli transport markazi tomonidan muvofiqlashtirilmoqda.
YHTEM mutaxassislari tomonidan shaharning eng tirband 472 kilometr avtomobil yo‘llari aniqlanib, ustuvor yo‘nalishlarda ishlar boshlangan. Birinchi bosqichda 100 kilometr hudud qamrab olinib, 360 dan ortiq bekat hamda 190 ta...