O‘zbekistonda 2026-yil fevral oyida minimal iste’mol xarajatlari 715 ming so‘mga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Iste’mol narxlari indeksi (INI) o‘tgan oydagiga nisbatan 100,6 foizni tashkil etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan buyon narxlar o‘sishi 1,3 foizni, yillik hisobda esa 7,3 foizni tashkil etgan. Fevral oyida ayrim oziq-ovqat mahsulotlari arzonlashdi. Jumladan, guruch 0,9 foizga, ko‘k choy 0,3 foizga, quruq nonushta mahsulotlari 0,5 foizga va marmelad 0,2 foizga pasaydi.
Shu bilan birga, bir qator meva-sabzavotlar qimmatlashdi. Pomidor narxi 12,1 foizga, qovoq 11,7 foizga, kartoshka 5 foizga, bulg‘or qalampiri 4,2 foizga, olma 4,1 foizga, limon 3,6 foizga va...