Shavkat Mirziyoyev farmoniga ko‘ra, Toshkentdagi «Serena Pharma» MChJ ta’sischisi Vijayvargi Satish Rameshchandra «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Mukofot farmatsevtika sohasidagi ko‘p yillik samarali faoliyati, O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi hamda aholini sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashdagi xizmatlari uchun berildi.
Shuningdek, u zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, ilm-fan va innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil qilish orqali mamlakat farmatsevtika sanoati rivojiga hissa qo‘shgani qayd etildi.
Ma’lumot uchun, Satish Vijayvargi farmatsevtika sohasida katta tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi. U 2012-yildan beri Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan Serena Pharma kompaniyasiga asos solgan...