Xitoy 2026-yildan boshlab Rossiyadan elektr energiyasi xaridini to‘liq to‘xtatadi. Qaror shartnomalarda belgilangan minimal 12 MVt quvvat talablari mavjud bo‘lishiga qaramay qabul qilindi. Bu haqda Kommersant xabar berdi.
Sababi shundaki, Xitoyda eksport narxi birinchi marta ichki tariflardan oshib ketdi, bu esa importni Xitoy tomoni uchun foydasiz qildi. Xitoyda ichki narxlar MVt/soat uchun taxminan 350 yuan (taxminan $50,2) miqdorida barqaror qolmoqda. Rossiyaning Uzoq Sharqida yagona tarif narxi (quvvat plyus energiya) yanvar oyida MVt/soat uchun 4300 rublga ($55,7) yetishi mumkin – bu bozorni liberallashtirish va tariflarning tezlashishi tufayli 42 foizga o‘sishni anglatadi.
Eksport operatori va Xitoy Davlat elektr tarmoqlari korporatsiyasi o‘rtasidagi shartnoma...