Great Wall Motors kompaniyasiga qarashli Wey brendi 9-mart kuni o‘zining yangi Wey V9X katta hajmli yo‘ltanlamasini namoyish qildi. Ushbu avtomobil kompaniyaning GWM One platformasida ishlab chiqarilgan birinchi modeliga aylandi.
Yangi avtomobilning uzunligi 5,3 ming mm, kengligi 2 ming mm va balandligi 1,8 ming mmni, g‘ildiraklar bazasi esa 3,1 ming mmni tashkil etadi. Transport vositasi 2,0 litrli turbodvigatelga ega plagin-gibrid tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, dvigatelning maksimal quvvati 175 kilovattga teng. Mashina faqat elektr quvvati bilan modifikatsiyasiga qarab 240 va 363 kilometr masofa bosa oladi.
Avtomobilning eng yuqori tezligi soatiga 210 kmgacha yetadi. U to‘liq elektr rejimida 100 km/soat tezlikka...