Toshkent shahrida Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA)ning yil yakunlariga bagʻishlangan rasmiy taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
«Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston yirik xalqaro sport tadbirlarini yuqori saviyada oʻtkazib kelayotgani tufayli sport olamida mamlakatimizning oʻrni sezilarli darajada mustahkamlanmoqda. FIA marosimining Toshkentda oʻtkazilishi ham aynan shu ishonch va obroʻning yana bir tasdigʻi boʻldi», – deyiladi xabarda.
Marosim doirasida avtosportning yetti yoʻnalishi boʻyicha chempionlikni qoʻlga kiritgan avtomobillarning asl nusxalari Toshkentga olib kelindi. Tadbir davomida mavsum yakunlariga koʻra yuqori natijalarga erishgan poygachilar va jamoalar tantanali ravishda taqdirlandi.
Marosimning eng muhim voqeasi 2025-yilgi «Formula...