Tashanovga ma’muriy ish ochildi, APL futbolchilarining narxlari yangilandi — Kursiv Uzbekistan 10-mart kuni e’lon qilingan yangiliklarning muhimlarini bir joyga jamladi.
Surxondaryoda o‘qituvchi 180 ming dollarlik narkotikni sotayotganda qo‘lga olindi
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida aniqlangan. Tezkor tadbir davomida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi, 1984-yilda tug‘ilgan fuqaro avvaldan tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan olib kelingan 14 kg 680 gramm opiyni shartli xaridorga $180 mingga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
O‘zbekistonda bu yilgi Navro‘z bayrami qanday nishonlanadi
2026-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi belgilandi. Bayram Ramazon hayiti bilan hamohang tarzda o‘tkazilib, Mehribonlik...