Yaqin Sharqdagi ziddiyatlar hamda neft narxining keskin oshishi ortidan qator aviakompaniyalar chiptalar narxini ko‘tarishni boshladi. Yonilg‘i xarajatlarining o‘sishi global miqyosdagi aviaqatnovlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Chipta narxlarini qayta ko‘rib chiqish haqida Skandinaviyaning SAS, Avstraliyaning Qantas Airways, Yangi Zelandiyaning Air New Zealand va Gonkongning Hong Kong Airlines kompaniyalari ma’lum qildi. Air New Zealand ma’lumotlariga ko‘ra, avvalroq $85–$90 atrofida bo‘lgan aviatsiya yonilg‘isi narxi so‘nggi kunlarda $150–$200 gacha ko‘tarilgan.
Narxlarning bunday keskin o‘sishiga Isroil, AQSh va Eron o‘rtasidagi harbiylashgan harakatlar asosiy sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Buning oqibatida jahon neft ta’minotining qariyb 20 foizi o‘tadigan Hurmuz bo‘g‘ozi amalda yopilib qolgan. Oqibatda xarajatlarni qoplash uchun...