Kiberxavfsizlik bo‘yicha yetakchi tadqiqot markazlaridan biri bo‘lgan VMRay mutaxassislari Markaziy Osiyo uchun xavotirli tahliliy hisobotni e’lon qildi. Unda Hydra Saiga nomi bilan tanilgan xakerlar guruhi mintaqa davlatlarining qator muhim tashkilotlariga qator kiberhujumlar uyushtirgani qayd etilgan.
Mazkur guruh YoroTrooper, ShadowSilk va Silent Lynx nomlari bilan ham tanilgan. Tadqiqotchilarga ko‘ra, ular hukumat idoralari, energetika sohasi hamda muhim infratuzilma obyektlariga qaratilgan keng ko‘lamli kiberjosuslik faoliyati bilan shug‘ullangan. Xususan, O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi, viloyat hokimliklari va ayrim ilmiy-tadqiqot institutlari hujumlar nishoniga olingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kiberhujumlarning faol bosqichi 2024-yil sentabrdan 2025-yil martgacha davom etgan. Mutaxassislar xakerlarning asosiy qiziqishi suv resurslarini boshqarish tizimlariga qaratilganini ta’kidlamoqda...