3D animator Erik Rayder Disney va rejissyor Jeyms Kemeronga qarshi Kaliforniya federal sudiga da’vo arizasi bilan chiqdi. Rayder iddaosiga ko‘ra, Kemeronning 2022-yilda chiqqan «Avatar: Suv Yo‘li» filmi uning «KRZ» ilmiy fantastika hikoyasidan nusxa olgan.
Rayder 1990-yillarda Kemeronning Lightstorm Entertainment kompaniyasi bilan hamkorlik qilib, o‘z hikoyasini filmga aylantirishga uringan. U kamida $500 mln zarar puli va yangi filmning chiqarilishini to‘xtatish uchun sud qarorini talab qilmoqda.
Rayder birinchi «Avatar» filmi bo‘yicha 2011-yilda ham da’vo qilgan, ammo sud Kemeron filmni Rayder hikoyani taqdim etishidan oldin yaratganini aniqlagach, da’voni rad qilgan. Yangi da’voda esa faqat «Avatar 2»dagi yangi nusxa ko‘chirish holatlarini ko‘rsatiladi.