2025-yilda YouTube reklama daromadi bo‘yicha yirik media kompaniyalarini ortda qoldirdi. Tahlil kompaniyasi Moffett Nathanson hisob-kitoblariga ko‘ra, platforma $40,4 milliard reklama daromadi olgan.
Bu ko‘rsatkich to‘rtta yirik media gigantining umumiy reklama daromadidan ham yuqori bo‘ldi. Jumladan:
The Walt Disney Company; NBCUniversal; Paramount Global; Warner Bros. Discovery.Ularning umumiy reklama daromadi $37,8 milliardni tashkil etgan.
Bir yil ichida vaziyat keskin o‘zgardi
2024-yilda vaziyat boshqacha edi. O‘sha paytda YouTube reklama daromadi $36,1 milliard bo‘lib, yuqoridagi kompaniyalar jami $41,8 milliard ishlab topgan edi. 2025-yilda esa bu ko‘rsatkichlar o‘zgarib, YouTube yetakchiga aylandi.
Platformaning umumiy daromadi $60 milliardga yetdi
YouTube’ning bosh kompaniyasi Alphabet...