O‘zbekistonda uy-joy qurilishida eskrou tizimini joriy etish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlandi. Hozirda hujjat Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqilmoqda va yaqin oylar ichida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilishi rejalashtirilgan.
Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyevning aytishicha, hukumat oldida ushbu qonunni 1-iyulgacha qabul qilish vazifasi turibdi. Agar loyiha parlamentga mart yoki aprel oylarida kiritilsa, bu katta natija bo‘ladi.
«Eskrouning asosiy ma’nosi nima? Agar tadbirkorlik subyekti biror narsani, uy-joyni quraman desa, quraversin, hech kimning e’tiroz yo‘q. Lekin agar bu qurilishga odamlardan pul olaman desa, buni qonun bilan tartibga solishimiz kerak. Hozir mana shu jarayon bo‘yicha...