Internetda OnePlus kompaniyasining kelajakdagi flagmani OnePlus 16 haqida dastlabki ma’lumotlar paydo bo‘ldi. OnePlus Club ma’lumotiga ko‘ra, yangi smartfon juda kuchli texnik imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Qurilma BOE ishlab chiqargan OLED displey bilan jihozlanishi kutilmoqda. Ekran 1,5K aniqlikka ega bo‘ladi va yangilanish chastotasi 240 Hz gacha yetadi.
Smartfon Snapdragon 8 Elite Gen 6 Pro protsessorida ishlashi mumkin. Shuningdek, u LPDDR6 operativ xotira va UFS 4,1 ichki xotira bilan taqdim etilishi kutilmoqda.
Kamera qismi ham jiddiy yangilanadi. OnePlus 16’da 200 MP periskop kamera bo‘lishi mumkin. Asosiy kamera ham 200 MP bo‘lishi kutilmoqda va Samsung HP5 sensori ishlatilishi ehtimoli bor. Bundan tashqari, yangilangan...