Italiyalik murabbiy Fabio Kannavaro Oʻzbekiston milliy terma jamoasini boshqarishi deyarli aniq boʻldi. Yevropa matbuotida tarqalgan xabarlarga koʻra, 52 yoshli mutaxassisning yiliga oladigan maoshi murabbiylar shtabi xarajatlari bilan birga taxminan 4 million yevroni tashkil etadi.
Manbalarga koʻra, Kannavaro Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan dastlab bir yillik shartnomaga kelishgan. Agar Oʻzbekiston terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatida muvaffaqiyat qozonsa, kelishuv avtomatik tarzda uzaytirilishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Italiya matbuotida Kannavaroning ukasi Paolo Kannavaro ham murabbiylar shtabiga qoʻshilishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
2006-yilda Jahon chempioni boʻlgan italiyalik murabbiy dastlab Italiya yoki boshqa Yevropa terma jamoasidan taklif kutgani sababli Markaziy Osiyo variantiga tezda rozi boʻlmagan. Biroq yakunda...