O‘zbekistonda ayrim mobil aloqa operatorlari telefon firibgarligiga qarshi yangi himoya tizimini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniyalar matbuot xizmatlari ma’lum qildi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda joriy etilgan Anti-Spoofing texnologiyasi soxta raqamlardan amalga oshirilgan qo‘ng‘iroqlarni aniqlab, foydalanuvchilarni shaxsiy ma’lumotlarning tarqalishini oldini oladi.
Mobiuz kompaniyasi mazkur tizimni 2025-yil sentabr oyida o‘z tarmog‘iga joriy qilgan. Operator ma’lumotiga ko‘ra, bir oy davomida chet eldan O‘zbekistonga yo‘naltirilgan minglab soxta qo‘ng‘iroqlar abonentlargacha yetib bormagan. Shuningdek, robotlashtirilgan qo‘ng‘iroqlarni avtomatik tarzda bloklovchi qo‘shimcha mexanizmlar ham ishga tushirilgan.
Beeline Uzbekistan ham raqamli firibgarlikka qarshi kurash dasturi doirasida Anti-spoofing tizimini ishga tushirgani haqida xabar berdi. Ushbu texnologiya...