AQShning Sent-Luis va Nyu-York shaharlarida O‘zbekistonning ikki savdo uyini ochish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda olis tumanlarda korxona filiallarini ochmoqchi bo‘lganlarga Savdoni rivojlantirish kompaniyasi orqali 5 yil muddatga 10 mlrd so‘mgacha Markaziy bank asosiy stavkasida kredit ajratilishi topshirildi.
Shuningdek, ularda ishlaydigan xorijlik dizayner, texnolog, konstruktor va marketologlarning ish haqi qoplab beriladi. Faqat korxona kamida 200 ta ish o‘rni yaratishi va munosib ish haqi to‘lashi lozim.
Yevropa va AQSh bozoriga tayyor kiyim-kechak eksportini kengaytirish, sohada standartlashtirish va raqamlashtirishni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Texnik tartibga solish agentligiga xalqaro sertifikatga ega korxonalar sonini...