Oliy ta’lim tashkilotlarida shartnoma asosida o‘qish uchun to‘lov tartibiga oid nizomga o‘zgartirishlar ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Yangi tartibga ko‘ra, kontrakt to‘lovlari quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
25% – abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha, yuqori bosqich talabalari uchun 1-oktabrgacha (yoki rektor belgilagan muddatgacha); 50% – 1-yanvargacha; 75% – 1-martgacha; 100% – 1-maygacha (yoki rektor uzaytiradigan sana doirasida).Shuningdek, Davlat komissiyasi ushbu muddatlarni uzaytirish vakolatiga egaligi keltirib o‘tildi.
Shu bilan birga, kontrakt pullaridan tushgan mablag‘lar xorijiy oliy ta’lim muassasalarida yosh pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish hamda stajirovkalarini tashkil etish uchun yo‘naltirilishi mumkin.
Bundan tashqari, oliy ta’lim tashkilotlari ijtimoiy yordam...