2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda avtotransportni majburiy sug‘urtalash (OSAGO) bo‘yicha yangi tariflar kuchga kirdi. Narxlar Hukumatning 2025-yil 24-iyuldagi 458-qarori asosida belgilangan.
Qarorga muvofiq sug‘urta polisi narxi to‘rt baravarga, sug‘urta qoplamasi esa ikki baravarga oshgan.
Yangi tartibga ko‘ra, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yengil avtomobil egalari uchun haydovchilar soni cheklangan OSAGO polisi 192 ming so‘m etib belgilandi. Avval bu summa 48 ming so‘mni tashkil etgan. Haydovchilar cheklanmagan VIP-polisi esa 384 ming so‘mga yetdi. Oldin u 96 ming so‘m edi.
Respublikaning boshqa hududlarida narxlar nisbatan pastroq bo‘lib, yengil avtomobillar uchun cheklangan polis 160 ming so‘m, cheklanmagan polis esa 320 ming so‘m etib...