AnTuTu dekabr oyi uchun Android smartfonlar bo‘yicha foydalanuvchilarni eng ko‘p mamnun qilgan smartfonlar reytingini e’lon qildi. Reyting real foydalanuvchilarning ijobiy baholari asosida shakllantirilgan. Ketma-ket ikki oy davomida ro‘yxatga Nubia Z80 Ultra yetakchilik qilmoqda.
Mazkur modeldan foydalanuvchilarning 99,99 foizi mamnun. Smartfon tekis va kesimsiz ekran bilan jihozlangan. Old kamera displey ostiga joylashtirilgan. Qurilmada 7200 mA·soat batareya mavjud. Asosiy kamera 35 mm formatda ishlaydi. Protsessor sifatida Snapdragon 8 Elite Gen 5 qo‘llanilgan.
Ikkinchi o‘rinni OPPO K13 Turbo 5G egalladi. Ushbu modeldan foydalanuvchilarning 98,46 foizi ijobiy baho bergan. Smartfonning asosiy xususiyati ichki sovitish ventilyatoridir. Ventilyator bug‘lantirish kamerasi bilan bevosita bog‘langan. Qurilma Dimensity...