Farg‘ona shahridagi davlat bog‘chalarida bolalarning ommaviy zaharlanishi bilan bog‘liq holat yuz berdi. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar berdi.
21-fevral 2026 yil soat 19:00 dan boshlab Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga shahar hududidagi 2‑sonli, 58‑sonli va 61‑sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari bir necha og‘riqli belgilar bilan murojaat qilgan.
Tibbiy ko‘rik natijasida bemorlarda qorin og‘rig‘i, ich ketishi, haroratni ko‘tarilishi va ko‘ngil aynishi kabi salbiy holatlar aniqlangan. Shifokorlar ularni ko‘rikdan o‘tkazib, «o‘tkir diareya kasalligi, alimentary etiologiyali» tashxisi bilan diareya bo‘limiga yotqizdi. Hozirda bo‘limda 62 nafar bemor statsionarda davolanmoqda va ularning holati barqaror.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi mutaxassislari...