AQSh Moliya vazirligi tasdiqlagan dastlabki tasvirlarga ko‘ra, 2026-yilda mamlakatning 250 yilligiga bag‘ishlangan 1 dollarlik yodgorlik tangasida prezident Donald Trampning portreti joylashtirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.
Tanganing old tomonida Trampning yon profili, yuqorisida «Liberty», pastida esa «In God We Trust» yozuvi va «1776–2026» sanalari aks etgan. Orqa tomonida esa Pensilvaniyada sodir bo‘lgan suiqasdga urinishdan so‘ng Trampning musht ko‘targan mashhur tasviri joy olgan.
Biroq bu dizaynning amalda zarb etilishi hozircha noma’lum, chunki AQSh qonunlariga ko‘ra, tirik yoki yaqinda vafot etgan prezidentning tasvirini tanga yuzasida joylashtirish taqiqlanadi. Mutaxassislar loyihaning qonuniy jihatlari bo‘yicha bahs yuritmoqda.
AQSh G‘aznachiligi vakillari bu faqat...