Rossiyada qayta tiklangan «Volga» avtomobillari 2026-yilning uchinchi choragida sotuvga chiqadi. Shot nashriga ko‘ra, dastlab dilerlik markazlariga Volga C50 sedani yetib keladi. Uning narxi 4 mln rubl ($52,2 ming)dan boshlanishi kutilmoqda.
Brend qatoridagi krossoverlar esa arzonroq bo‘ladi. Ularning boshlang‘ich narxi taxminan 3 mln rubl ($39,1 ming) atrofida bo‘lishi aytilmoqda.
Volga C50 Geely Preface asosida yaratilgan. U 2 litrli, 200 ot kuchiga ega JLH-4G20TDG dvigatel bilan jihozlanadi. Uzatmalar qutisi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan, biroq asl modelda 7 pog‘onali robot uzatma qo‘llaniladi.
Modellar qatorida Volga K40 krossoveri ham bo‘ladi. U Geely Atlas platformasida qurilgan va 1,5 hamda 2,0 litrli dvigatellar bilan, old...