AQShda Chevrolet avtosalonlari tashqi ko‘rinish jihatdan eng chiroyli deb topildi. Bu haqda GMAutority xabar bermoqda.
Pied Piper kompaniyasining 2025-yilgi Dealership Facility Consistency tadqiqotiga ko‘ra, Chevrolet yangi reytingda Honda, Toyota va Ford kabi raqiblarni ortda qoldirgan.
Tadqiqot sun’iy intellekt yordamida mamlakat bo‘ylab 18 mingdan ortiq avtosalonlar tasvirlarini tahlil qildi. SI 540 mingdan ortiq suratlarda 70 dan ziyod vizual ko‘rsatkichlarni tahlil qildi. U tashqi belgilar ko‘rinishi, hudud obodonlashtirilishi va avtomobillar tartib bilan joylashtirilishi kabi omillarni baholagan.
Pied Piper vitse-prezidenti Kemeron O‘Xagan ta’kidlashicha, yangi indeks avtomobil brendlariga avtosalonlardagi yagona uslubning qanchalik izchil bajarilayotganini aniq baholash imkonini beradi. Tadqiqot Chevrolet salonlarining 75 foizidan...