20-fevral kuni O‘zbekistonda havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 0-15°C, kunduzi 8-25°C atrofida bo‘ladi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
20-fevral kuni O‘zbekistonda havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 0-15°C, kunduzi 8-25°C atrofida bo‘ladi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
AQShning Vashington shahrida bo‘lib o‘tayotgan Tinchlik kengashida Donald Tramp xalqaro yordam paketlari bo‘yicha bayonot berib, 9 davlatning G‘azoga yuborilgan mablag‘ga qo‘shgan hissasini e’tirof etdi. Mablag‘ yig‘ilishida yordam bergan to‘qqizlik orasida O‘zbekiston ham bor.
«Qozog‘iston, Ozarbayjon, BAA, Marokash, Bahrayn, Qatar, Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston va Kuvayt G‘azoga yordam paketi uchun jami $7 mlrddan ortiq moddiy hissasi qo‘shdi», – deydi Tramp sammit minbarida.
Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev shu yilning 22-yanvar kuni Shveysariyaning Davos shahrida Amerika yetakchisi Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilgan Tinchlik kengashi nizomini imzolagan.
Abdulaziz Komilov esa O‘zbekistonning Tinchlik kengashiga qo‘shilish sabablarini...
20-fevral, juma kuni muborak Ramazon oyining ikkinchi kuni boʻlib, Toshkent shahrida saharlikning tugashi soat 5:53 ni tashkil qiladi. Iftorlik esa 18:07 da boshlanadi.
Oʻzbekistondagi qolgan shaharlardagi vaqtlar quyidagi jadvalda keltirilgan:
Roʻza tutish (saharlik, ogʻiz yopish) duosi
Navaytu an asuvma sovma shahro ramazona minal fajri ilal magʻribi, xolisan lillahi taʼaalaa, Allohu akbar.
Iftorlik (ogʻiz ochish) duosi
Allohumma laka sumtu va bika amantu va aʼalayka tavakkaltu va ʼala rizqika aftartu, fagʻfirli, ya Gʻoffaru, ma qoddamtu vama axxortu.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ramazonda suvsizlanishning oldini qanday olish mumkinligi haqida yozgandi.
Samsung Galaxy A37 va A57 modellari fevral oyining birinchi yarmida rasmiy taqdim etilishi kutilayotgandi. Ammo qurilmalar hali e’lon qilinmadi. Manbalarga ko‘ra, ularning taqdimoti mart oyiga surilgan.
2026-yilgi General Motors’ning yirik SUV modellari – Chevrolet Tahoe va Chevrolet Suburban uchun buyurtmalar tez orada yopiladi. Kompaniya dilerlarga yuborgan ichki xabarnomaga ko‘ra, 2026-model yiliga oid so‘nggi buyurtmalar 2026-yil 13-iyun haftasigacha tizimga kiritilishi kerak. Shundan so‘ng ishlab chiqarish jadvali yakuniy tasdiqlanadi.
Tahoe va Suburban bilan bir qatorda GMC Yukon modellari ham Texas shtatidagi Arlington zavodida ishlab chiqariladi. 2026-model yilining so‘nggi avtomobillari shu yilning 4-sentabrida konveyerdan tushirilishi rejalashtirilgan. Bu sana 2026-yilgi ishlab chiqarishning rasmiy yakuni hisoblanadi va zavod 2027-yilgi liniyaga tayyorgarlik ko‘radi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, buyurtmalarni erta yopish yirik, rama konstruksiyali SUV’lar uchun odatiy amaliyotdir. 13-iyundan keyin dilerlar faqat mavjud avtomobillarni...
AQShning Vashington shahri mezbonlik qilayotgan Tinchlik kengashining dastlabki yig‘ilishida Donald Tramp Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston haqida iliq fikrlar bildirdi. Tarmoqlarda uning Mirziyoyevni tanishtirgani aks etgan videolar tarqaldi.
Tramp kengashning ilk yig‘ilishida Mirziyoyevni quyidagicha tanishtirdi:
«Oʻzbekiston prezidenti Mirziyoyev, qani, qayerda o‘tiribdi? Ha, mana u, mening doʻstim. Mamlakatingizda ishlar ajoyib, siz ham zo‘r ishlayapsiz va hech qanday muammo yoʻq».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev AQSh savdo vakili bilan JSTga a’zolikni muhokama qilgan edi.
Toshkent shahrida narkotik moddalar tayyorlanadigan laboratoriya fosh qilinib, katta miqdorda giyohvandlik vositalari musodara etildi. Bu haqda DXX ma’lum qildi.
Yuqori Chirchiq tumanida harakatlanayotgan «Spark» avtomashinasida 1993, 1994 va 1995-yillarda tug‘ilgan 3 nafar shaxsdan 37 dona «Tropikamid» va 124 dona pregabalin kapsulalari topildi.
Shuningdek, Toshkent shahrida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan 2 nafar shaxs «zakladka» tarzida qo‘ygan 1 186 dona «Pregabalin» va 125 dona «Tropikamid» olib qo‘yilgan. Ular dorilarni Sergeli tumanidagi narkolaboratoriyadan olgan.
Laboratoriyada 4 nafar shaxs dorilar tayyorlayotgani aniqlanib, uy va laboratoriyadan 5 130 dona «Pregabalin» kapsulalari, 10 kg «Pregabalin», 75 dona flakonda «Tropikamid» va 6 kg «Tropikamid» moddalari, shuningdek...
Nothing Phone 4a seriyasining rasmiy taqdimoti oldidan yangi ma’lumotlar taqdim etildi. Bu haqda GSMArena nashri ma’lum qildi.
Hisobotga ko‘ra, Nothing Phone 4a Qualcomm’ning Snapdragon 7s Gen 4 chipi bilan ishlaydi.
Phone 4a 8GB va 12GB operativ xotira variantlarida, shuningdek, 128GB va 256GB ichki xotira bilan taqdim etilishi kutilmoqda.
Qurilma 5,400 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlanadi va 50W simli tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, u IP65 himoya reytingiga ega bo‘ladi.
Hisobotga ko‘ra, Phone 4a orqa tomonda 50MP asosiy kamera, 8MP ultra keng burchakli modul...
2025-yilda Lotin Amerikasi smartfon bozorida eng ko‘p sotilgan model – Samsung Galaxy A06 4G bo‘ldi. Bu haqda tahliliy kompaniya Counterpoint hisobotida e’lon qilindi.
Budjet toifasidagi ushbu qurilma mintaqa umumiy bozorining 7 foizini egallagan. Ikkinchi o‘rinda Samsung Galaxy A16 4G, uchinchi o‘rinda esa Motorola Moto G15 4G joylashgan.
Umuman olganda, kuchli o‘nlikdan to‘rtta model Samsung, uchtadan Motorola va Xiaomi brendlariga tegishli. Ro‘yxatdagi aksariyat qurilmalar budjet segmentiga mansub bo‘lib, faqat Samsung Galaxy A56 5G o‘rta toifaga kiradi.
Shuningdek, kuchli o‘nlikdagi 10 modeldan 8 tasi 5G tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlamaydi. Biroq tahlilchilarga ko‘ra, Lotin Amerikasi bozori uchun bu holat odatiy hisoblanadi.
Shu bilan birga...
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (O‘zXDP) fraksiyasi a’zosi Anvarxon Temirov Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovga ko‘chalarga temir panjaralar o‘rnatilishi yuzasidan deputatlik so‘rovi yubordi. Bu haqda partiyaning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
So‘rovga sabab sifatida poytaxt ko‘cha va yo‘llarida yo‘nalishlarni ajratuvchi temir panjaralarni o‘rnatish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar hamda ushbu ishlarga Davlat budjetidan 8,4 mlrd so‘m ajratilgani ko‘rsatilgan.
Deputat so‘rovida bir qator savollar o‘rtaga tashlangan. Jumladan, temir panjaralar o‘rnatilishi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va piyodalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qanchalik xizmat qilishi asoslantirilgani so‘ralgan. Shuningdek, ushbu qaror qabul qilinishidan oldin ekspertlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganmi, ilmiy va tahliliy ma’lumotlar mavjudmi, degan...
AQShning Vashington shahrida birinchi marta boʻlib oʻtayotgan Tinchlik kengashi sammitiga davlat yetakchilari birin‑ketin kelishni boshladi. Shaharda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, yoʻllar nazorat ostida, har bir mehmonning xavfsizligi qat’iy ta’minlanmoqda.
Shavkat Mirziyoyev ham sammitga muvaffaqiyatli yetib bordi. O‘zbekiston prezidenti sammit doirasida xalqaro hamkorlik, tinchlik va mintaqaviy barqarorlik masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.
Sammitning rasmiy ochilishiga sanoqli soniyalar qoldi. Davlat yetakchilari sammitda tinchlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanish mavzularida muloqot qiladilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev AQSh savdo vakili bilan JSTga a’zolikni muhokama qilgan edi.
Oppo kompaniyasi yangi Find X9s smartfonini taqdim etishini e’lon qilgan edi. Endi esa smartfonning global va Xitoy variantlari haqidagi tafsilotlar oshkor qilindi.
Global variant 6,59 dyuymli AMOLED displey bilan ta’minlangan bo‘lib, 1.5K aniqlik va 120 Hz yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu foydalanuvchilarga ravon animatsiyalar va yorqin, aniqligi yuqori tasvirlarni taqdim etadi.
Smartfonda uchlik asosiy kamera tizimi mavjud: 50 MP Sony LYT-700 asosiy sensor, 50 MP ultra keng burchakli kamera va 3 karra optik zumli 50 MP telefoto obyektiv. Old kamera esa 32 MP bo‘lib, selfilar va video qo‘ng‘iroqlar uchun yuqori sifatli surat olish imkonini...
Toshkent shahrida ochiq olovda – tandir, pech va mangalda taom tayyorlaydigan umumiy ovqatlanish obyektlari ustidan nazorat kuchaytirildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, sanitariya va ekologiya talablari asosida somsaxonalar, kabobxonalar hamda boshqa ovqatlanish nuqtalarida reydlar o‘tkazilmoqda. Xususan, chiqindilarni tozalash va tutunni chiqarish tizimlarisiz faoliyat yuritayotgan, shuningdek, tandir va mangallarni piyodalar yo‘laklari yoki turarjoy binolari yaqiniga joylashtirgan shoxobchalar aniqlanmoqda.
Bunday obyektlar faoliyati qonun hujjatlariga to‘liq muvofiqlashtirilgunga qadar vaqtincha to‘xtatiladi.
Hokimlikka ko‘ra, filtrlash va samarali tutun chiqarish tizimlarining yo‘qligi aholi salomatligiga xavf tug‘diradi, shahar ekologik muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda fuqarolarning asosli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Tadbirkorlarga qisqa...
Lada Vesta SW Sport NG avtomobili seriyali ishlab chiqarilmasligi aytilmoqda. Bu haqda RCI News nashri ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, avtomobil turbomotor bilan jihozlangan. Turbokitni RCI Service o‘rnatgan. Bu yechim avtomobil dinamikasini sezilarli oshiradi.
AvtoVAZ hozircha seriyali modellarga turbomotor qo‘ymayapti. Kompaniya yangi Lada Vesta Sport 2026’ni 2026-yil aprelda sotuvga chiqaradi. U 1.8 EVO atmosferali dvigatel bilan taqdim etiladi. Uning quvvati 145 ot kuchi va 184 Nm momentga teng bo‘ladi. Uzatmalar qutisi esa 6 pog‘onali mexanik bo‘ladi.
Seriyali turbomotorlar esa faqat Lada Azimut krossoverida 2028-yildan keyin paydo bo‘lishi kutilmoqda. Vesta Sport’da turbomotor ehtimol keyingi avlodda paydo bo‘ladi. C-segment sedani esa 2030-yilga...
General Motors 2027-yilgi Chevrolet Tracker MHEV (Mild Hybrid Electric Vehicle) modelini yaqin kunlarda Braziliyada taqdim etadi. Bu haqda GM Authority xabar berdi.
Model brendning mamlakatdagi ilk flex-fuel gibrid avtomobillaridan biri bo‘ladi. Braziliya Chevrolet uchun eng yirik ishlab chiqarish va savdo bozorlaridan biri.
Yangi Tracker mild-hybrid versiyasi 2027-yilgi model qatoridagi eng muhim yangilik sifatida ko‘rilmoqda. U kompaniyaning elektrlashtirilgan avtomobillar ulushini kengaytirish rejasida asosiy o‘rin tutadi. Model etanol bilan ishlay oladigan yangi flex-fuel dvigatel bilan jihozlanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2027-yilgi Chevrolet Tracker MHEV Braziliyada ishlab chiqilgan va mahalliy muhandislar tomonidan tayyorlangan. Avtomobil GM’ning San-Kayetanu-du-Sul zavodida ishlab chiqariladi. Ushbu korxona yangi versiyani nafaqat...
Samsung kompaniyasining Samsung Galaxy S26 modeli hali rasman taqdim etilmadi. Shunga qaramay, sizdirilgan ma’lumotlar allaqachon muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Asosiy savol oddiy: kutish kerakmi yoki hozirgi Samsung Galaxy S25 5G haliyam dolzarbmi? Gulf News nashri tomonidan chop etilgan maqolada shu savolga javob beriladi.
Mish-mishlarga ko‘ra, Galaxy S26 jiddiy dizayn o‘zgarishlarini emas, balki takomillashtirishni taklif etadi. Asosiy e’tibor Ultra modelga qaratilishi mumkin. Oddiy S26 va S26 Plus esa katta sakrash qilmasligi kutilmoqda.
Bu Samsung konservativ strategiya tanlaganini ko‘rsatadi. Kompaniya mavjud yechimlarni silliqlashga urg‘u bermoqda. Bozor raqobati va narx bosimi sharoitida bu mantiqiy qaror.
O‘zbekiston prezidentining AQShga amaliy tashrifi doirasida Nyu-Yorkda Xalqaro Turon federatsiyasi vakillari tomonidan ramziy tabrik aksiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Dunyo AA xabar bermoqda.
Aksiya doirasida Tayms-skver maydonidagi raqamli LED-billboard displeylari va shahar bo‘ylab harakatlanayotgan maxsus treklarning multimedia ekranlarida videoroliklar ko‘rsatildi. Unda o‘zbek sportchilarining xalqaro musobaqalardagi yutuqlari va milliy sportni rivojlantirishga qaratilgan ishlar aks etgan.
Namoyish qilingan lavhalarda sportchilarning g‘alabalari, taqdirlash marosimlari, shuningdek, jismoniy tarbiya va ommaviy sportga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan tizimli yordam o‘z ifodasini topdi.
Ushbu tadbir prezidentning sportni rivojlantirish, yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratish va o‘zbek sportining xalqaro nufuzini mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorlik belgisi sifatida tashkil...
O‘zbekistonda 2026-yilda davlat banklarini xususiylashtirish rejalashtirilmagan. Bu haqda joriy yilning 16-fevral kuni prezident tomonidan tasdiqlangan yangilangan «O‘zbekiston – 2030» strategiyasida ma’lum qilindi.
Hozirda davlatga tegishli to‘qqizta bank mavjud. Bular «Milliybank», «Agrobank», «Sanoatqurilishbank», «Asakabank», Xalq banki, Biznesni rivojlantirish banki, «Mikrokreditbank», «Aloqabank» va «Turonbank» hisoblanadi.
Hujjatga ko‘ra, 2026-yilda davlat banklari soni o‘zgarmaydi. Xususiylashtirish jarayoni 2027-yildan boshlanadi. Rejaga ko‘ra, 2027-yilda davlat banklari soni 7 taga, 2028-yilda 6 taga, 2029-yilda 5 taga, 2030-yilda esa 4 taga kamayadi. Demak, 2030-yilgacha 5 ta davlat banki sotilishi rejalashtirilgan. Qaysi banklar davlat tasarrufida qolishi aniq ko‘rsatilmagan.
Yangilangan strategiya avvalgi loyihadan farq qiladi. 2025-yil dekabr oyida jamoatchilik muhokamasiga...
17-fevralda imzolangan prezident farmoniga asosan, BMT shartnomaviy qo‘mitalarining vaqtinchalik choralar to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Belgilangan tartibga ko‘ra, BMT qo‘mitalaridan kelib tushgan murojaat Tashqi ishlar vazirligi orqali qabul qilingach, bir kun muddatda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va Adliya vazirligiga yuboriladi. Markaz zudlik bilan mas’ul davlat organlariga so‘rovnoma kiritib, vaziyat yuzasidan tezkor choralar ko‘rishni va asoslantirilgan tushuntirish berishni talab qiladi.
Davlat organlari uch kun ichida amalga oshirilgan yoki rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan Markazga hisobot taqdim etishi lozim. Shundan so‘ng Markaz ishchi guruh bilan hamkorlikda to‘plangan ma’lumotlar asosida yana uch kun...
20-fevral uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 36,93 so‘mga oshib, 12 169,41 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
12-fevral kuni esa 22,68 so‘mga tushib, 12 287,31 so‘mni tashkil etdi. 13-fevral uchun dollar 11,73 so‘mga tushib, 12 275,58 so‘mga yetgandi. 16-fevral kuni dollar 54,6 so‘mga tushib, 12 220,98 so‘mni, 17-fevral kuni esa 29,68 so‘mga tushib, 12 191,30 so‘mni, 18-fevral kuni 53,44 so‘mga tushib, 12 137,86 so‘mni tashkil qildi. 19-fevralga kelib dollar 12 132,48 so‘mga (-5,38) yetdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 0,1 so‘mga tushib, 14 359,90 so‘mni, rubl 0,14 so‘mga...
Toshkentda taroveh namozi vaqtida bir qator avtobuslar yo‘nalishi o‘zgartiriladi. Bu haqda Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasi xabar berdi.
2026-yil 18-fevraldan boshlab har kuni soat 18:00 dan 24:00 gacha masjidlar yaqinidagi ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.
Shu sababli quyidagi avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtincha cheklangan ko‘chalarga yondosh ko‘chalar orqali o‘zgartiriladi. O‘zgartirilgan yo‘nalishlarda qatnov oralig‘i belgilangan vaqtdan oshishi mumkin. Yo‘lovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirish so‘raladi.
Haydovchilar va yo‘lovchilardan tirbandliklarni inobatga olib, harakatni oldindan rejalashtirish so‘raladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bektemir va Katta halqa yo‘li chorrahasida harakat vaqtincha o‘zgartirilishi haqida xabar berilgandi.
General Motors 2026-yilda 80 – 90-yillarning mashhur Chevrolet Monza sedanini yangi qiyofada qayta ishlab chiqarishga qaror qildi. Xitoydagi muvaffaqiyatli qayta ishga tushirilishdan so‘ng model Lotin Amerikasi va Yaqin Sharq bozorlariga yo‘naltirilmoqda.
Yangi Monza global strategiyaning bir qismi sifatida har bir mintaqa uchun alohida moslashtirilgan. Xususan, model Meksikada Cavalier, Qatarda esa Cruze nomi bilan sotuvga chiqarilmoqda. Tashqi ko‘rinishidan o‘rta sinf sport sedanlarini eslatuvchi avtomobil zamonaviy raqamli panel va multimedia tizimi bilan jihozlangan.
«Monzaning qaytishi shunchaki nostalgiya emas, balki turli madaniyatlar va qit’alar uchun universal avtomobil yaratishga qaratilgan o‘ylangan qadamdir», – deyiladi General Motors rasmiy relizida.
Yangi Chevrolet Tracker 2026 avtomobilining ichki qismi namoyish qilindi. Bu haqda Motor1.com nashri xabar bermoqda.
Premier talqinida 8 dyuymli raqamli asboblar paneli paydo bo‘ldi. Markazda esa 11 dyuymli MyLink multimedia o‘rnatilgan. Ekranlar aniq va tez ishlaydi. Ammo yoqilg‘i sarfini ko‘rish uchun menyular ichiga kirish kerak. Oldingi oddiy ko‘rsatkichlarga nisbatan bu biroz noqulay.
Boshlang‘ich Turbo AT versiyasi analog panelni saqlab qolgan. Shunga qaramay, unda ham yangi multimedia tizimi mavjud.
Tracker’ning muhim ustunligi – jismoniy tugmalar saqlab qolingan. Konditsioner va asosiy funksiyalar ekran ichiga yashirilmagan.
Markaziy konsolda simsiz zaryadlash mavjud. Bundan...
Audi rahbari yangi sportkar bekor qilinmaganini ma’lum qildi. Bu haqda Motor1.com nashri xabar berdi. Model 2027-yilda taqdim etiladi.
Gap Audi Concept C haqida ketmoqda. Oldin Porsche elektr 718 loyihasini to‘xtatishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar chiqqan edi.
Audi bosh direktori Gernot Dollner xodimlarga yo‘llagan ichki xatda loyiha davom etishini tasdiqlagan. Unga ko‘ra, platformani yetkazib berish masalasi shubha ostida emas.
Yangi model Porsche bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda. Platforma faqat elektromobillar uchun mo‘ljallangan. Concept C yagona kuzov variantida taqdim etiladi. Unda elektr boshqaruvli targa tom saqlanib qoladi.
Audi ushbu modelni TT 2.0 deb atamoqda. U yangi dizayn tilini boshlab beradi va salon sifatini...