Markaziy bank bank kartalari bozoriga oid tahlilini chop etdi. Hisobotda (kontaktsiz) NFC orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar qiymati 3,85 trln so‘mga yetgani ma’lum qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda mamlakatda 298 turdagi bank karta mahsuloti mavjud. Ularning asosiy qismini debit kartalar tashkil qiladi. Xususan, 145 ta karta xorijiy valyutada, 103 tasi milliy valyutada, 39 tasi esa ko‘p valyutali hisoblanadi.
Hududlar bo‘yicha tahlil shuni ko‘rsatadiki, aksariyat viloyatlarda muomaladagi bank kartalari soni 16 yoshdan katta aholiga nisbatan o‘rtacha 1,3-1,6 tani tashkil etadi. Toshkent shahrida esa bu ko‘rsatkich ancha yuqori bo‘lib, bir nafar katta yoshdagi aholiga o‘rtacha 12,7 ta karta to‘g‘ri keladi. Bu poytaxtda bir...