Rejissyor Kristofer Nolanning yangi filmi «Odissey» treyleri ilk 24 soat ichida ijtimoiy tarmoqlarda 121 mln martadan ortiq tomosha qilindi. Bu haqda Forbes nashri WaveMetrix kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Bu ko‘rsatkich Nolan’ning «Oppengeymer» treyleridan ikki baravar ko‘p. Ushbu kartina treyleri dastlabki sutkada qariyb 50 mln marta ko‘rilgan edi.
«Odissey» 2025-yilda Universal studiyasi uchun eng ko‘p tomosha qilingan treylerga aylandi. Tomoshalarning 27 foiz qismi TikTok platformasiga to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinlarda YouTube, Facebook, Instagram va X joylashgan.
Film qadimgi yunon shoiri Gomerning asari asosida suratga olingan. Syujet Troya urushidan keyin Odisseyning uzoq va mashaqqatli sayohati haqida hikoya qiladi. Bosh rolni Matt...