O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 17 595 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning eng ko‘pi Xitoy investitsiyalari ishtirokida tashkil etilgan, deya ma’lum qilmoqda Milliy statistika qo‘mitasi.
Unga ko‘ra, mazkur korxonalardan 4 204 tasi qo‘shma, 13 391 tasi esa to‘liq xorijiy korxonalar hisoblanadi. So‘nggi 5 yil ichida bu ko‘rsatkich 1,9 barobar oshgan.
O‘zbekistonning chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalari soni bo‘yicha Xitoy birinchi o‘rinda bo‘lib, 4 731 ta korxonani tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarni Rossiya (3 177 ta), Turkiya (2 090 ta) va Qozog‘iston (1 185 ta) egallagan.
Shuningdek, Janubiy Koreya 683 ta, Afg‘oniston 636 ta, BAA 396 ta, Tojikiston...