Audi kompaniyasi yangi Audi RS5 modelini rasman namoyish etdi. Bu haqda Motor1 avtonashri ma’lum qildi.
Yangi model liftbek va universall (Avant) karoseriya variantlarida taqdim etilgan bo‘lib, u avvalgi RS4 modelini to‘liq almashtiradi. Garchi Yevropa Ittifoqi ekologik standartlari qat’iy bo‘lsa-da, Audi downsizing yo‘lini tanlamay, V6 dvigatelni elektr motor bilan birlashtirdi.
Dvigatel va ishlash xususiyatlari
Yangi RS5 2,9 litr hajmli, ikki turbinali V6 dvigatelga ega bo‘lib, 503 ot kuchi beradi. Elektr motor esa 174 ot kuchini ishlab chiqaradi. Umumiy tizim quvvati 630 ot kuchi va 825 Nm burilish momentini tashkil etadi. Mashina 0 – 100 km/soat tezlikka 3,6 soniyada...