3-oktabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev 22 yoshni qarshiladi.
Futbolchi Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan va professional faoliyatini Toshkentning «Paxtakor» klubida boshlagan. U 2021 – 2023-yillar davomida ushbu jamoa sharafini himoya qildi. U 2023-yil avgustida esa «SSKA» bilan shartnoma imzoladi.
Rossiya Premyer-ligasidagi ilk mavsumidayoq u yirik sovringa sazovor bo‘ldi. «SSKA» safida o‘ynagan vaqtida Fayzullayev Rossiya Kubogi va Rossiya Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Joriy yil yozida esa futbolchi faoliyatini Turkiya superligasida davom ettirishga qaror qildi. U «Istanbul Bashakshehir» jamoasiga 7,5 mln yevro evaziga o‘tdi. Transfermarkt portali 8-iyul holatiga ko‘ra uning bozor qiymatini 8 mln...