General Motors tomonidan 2026-yilgi Chevrolet Captiva gibrid modeli Argentinada rasman taqdim etildi. Bu haqda GMAutority xabar bermoqda.
Ushbu Chevrolet brendining Janubiy Amerikadagi ilk gibrid (plug-in hybrid) avtomobili bo‘ladi. Model Buenos-Ayresdagi Chevrolet 360 tadbirida ko‘rsatilgan. Sotuvlar yil oxirida boshlanishi kutilmoqda.
GM Argentina vakillarining aytishicha, yangi Captiva PHEV zamonaviy dizayn, yuqori qulaylik darajasi va ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan. Unga Chevrolet Intelligent Driving tizimi va premium salon bezaklari o‘rnatilgan.
Ushbu model iyun oxirida Meksikada global premyerasini o‘tkazgan edi. Endi esa Argentina bozoriga ham chiqmoqda. Bu yerda u ekologik avtomobillar uchun soliq imtiyozlaridan foyda ko‘radi. Kompaniya bu model Argentinada katta talabga...