Chery kompaniyasiga qarashli Exeed brendi yangi Exeed Exlantix E05 modelining rasmiy suratlarini e’lon qildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
O‘rta o‘lchamdagi bu avtomobil oila uchun mo‘ljallangan. Global taqdimot sentabr oyida Myunxendagi avtosalonda bo‘lib o‘tadi.
Avtomobil yopiq old panjaraga, bosqichli faralarga va xromli bamperga ega. Tom qismida lidar, umumiy 12 ta radar o‘rnatilgan. Ular Horizon Robotics ishlab chiqqan HSD (Horizon Super Drive) haydovchiga yordam tizimini qo‘llab-quvvatlaydi. Tizim Journey 6P protsessorida ishlaydi.
HSD tizimi uch xil versiyada taklif etiladi:
HSD 300 – oddiy shahar NOA (avtonom yurish); HSD 600 – yanada kuchaytirilgan variant; HSD 1200 – shahar va trassalarda ishlovchi to‘liq...