Kaspiy dengizi sathi butun kuzatuvlar tarixida ilk bor minus 29 metrdan pastga tushdi. Bu haqda TASS Kaspiy baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti Volga–Kaspiy filiali ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, asosiy pasayish Rossiya va Qozogʻiston qirgʻoqlaridagi sayoz shimoliy hududlarda kuzatilmoqda. Suv chekinishi natijasida ilgari hayotga boy boʻlgan koʻplab maydonlar qurib, ochilib qolgan. Bu holat dengiz ekotizimi va undagi biologik xilmaxillik uchun jiddiy xavf tugʻdirmoqda.
Mutaxassislarning qayd etishicha, Kaspiy sathining pasayishi 1990-yillarning oʻrtalaridan beri davom etib kelmoqda. Soʻnggi toʻrt yilda dengiz darajasi yana 0,8 metrga tushgan. Asosiy sabab – Volga daryosining kamaygan oqimi. Aynan Volga Kaspiyga tushadigan suvning 80 foizini, suv balansining...