VisionLabs kompaniyasi Toshkent metrosida yuzni tanib olish orqali to‘lov xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Bu kompaniya uchun MDHda uchinchi shunday loyiha hisoblanadi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.
Kompaniya rahbari Dmitriy Markovning aytishicha, tizim Click va ATTO bilan hamkorlikda joriy etilgan. Hozirda xizmat metro stansiyalarining 75 foizida ishlamoqda. Tez orada bu ko‘rsatkich 100 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Bunga o‘xshash xizmat Moskvada 2021-yilda, Qozog‘istonning Olmaota shahrida esa 2024-yilning o‘rtalarida ishga tushirilgan edi. Toshkent loyihasi — VisionLabs’ning navbatdagi xalqaro tashabbusi.
Kompaniya bu xizmatdan 2024-yilda 100 million rubl $1,25 mln) daromad ko‘rgan. VisionLabs nafaqat metrolarda, balki do‘konlar, kinoteatrlar va boshqa joylardagi kassalarda ham yuz orqali to‘lov...