Apple kompaniyasi iPhone 16 Pro smartfonining yangi funksiyalarini targ‘ib qiluvchi reklama roligini taqdim etdi. Bu haqda PetsMailRu nashri xabar berdi.
Videoda Garrett laqabli mushuk asosiy e’tibor markaziga aylandi. Rolikda erkak «Clean Up» funksiyasi yordamida suratdan mushukni olib, ya’ni qirqib tashlaydi. Biroq mushuk egasining kinoyali tarzda «Men har doim Garrettni yomon ko‘rganingni bilar edim» degani voqeaga hazil aralash dramatizm baxsh etadi.
Mushukning norozi nigohi esa tomoshabinni kuldirib, erkakni uni rasmga qaytarishga majbur qiladi. Apple’ning TBWA Media Arts Lab agentligi bilan hamkorlikda suratga olingan rolik ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Ushbu reklama orqali kompaniya foydalanuvchilarga yangi «Clean Up» funksiyasi orqali suratdagi...