20-aprel kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Toshkent shahri va viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ham yomg‘ir kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiyda ham biroz bulutli bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqandda shamol sharqdan...