28-oktabr kuni mamlakat hududida chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5–15°, kunduzi 17–26° atrofida bo‘ladi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet» agentligi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
28-oktabr kuni mamlakat hududida chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5–15°, kunduzi 17–26° atrofida bo‘ladi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet» agentligi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
O‘zbekistonning xususiy aviakompaniyasi Qanot Sharq Germaniyada ishlab chiqilgan birinchi Airbus A321XLR samolyotini yaqin kunlarda qabul qiladi. Bu haqda Aerotime ma’lum qildi.
Ushbu samolyot kompaniya uchun ijaraga olingan uchta A321XLR’ning birinchisi bo‘lib, Markaziy Osiyoda xizmatga kiradigan ilk A321XLR bo‘ladi.
Yangi samolyot Qanot Sharqning ko‘k va oq rangdagi milliy dizaynida bo‘yoqlangan va 2025-yil oxirigacha parvozlarni boshlashi kutilmoqda.
2021-yilda tashkil etilgan Qanot Sharq hozirda faqat Airbus samolyotlaridan foydalanadi. Kompaniya o‘z parvoz tarmog‘ini Yaqin Sharq, Yevropa, Osiyo va AQSH yo‘nalishlariga kengaytirish niyatida. Shu maqsadda aviakompaniya Toshkent – Budapesht – Nyu-York yo‘nalishida haftasiga ikki marta parvozlar yo‘lga qo‘yish uchun ruxsat so‘ragan.
Agar loyiha tasdiqlansa...
Hindiston va Xitoy o‘rtasida besh yillik tanaffusdan so‘ng to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar qayta tiklandi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yakshanba kuni kechqurun «IndiGo» aviakompaniyasining Kolkata – Guanchjou yo‘nalishidagi 6E 1703 reysi amalga oshirildi.
Parvozlar 2020-yil boshida COVID-19 pandemiyasi boshlanganida to‘xtatilgan edi. Keyinchalik ikki davlat chegarasida yuz bergan qurolli to‘qnashuv sababli qatnovlar uzoq davom etmagan.
Endilikda ikki davlat o‘rtasidagi iliqlashayotgan munosabatlar natijasida parvozlar bosqichma-bosqich qayta yo‘lga qo‘yilmoqda. Xitoyning Hindistondagi elchixonasi vakili Yu Jing bu yangilikni «Xitoy va Hindiston o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar endi haqiqat» deb e’lon qildi.
9-noyabrda «China Eastern Airlines» Shanxay – Dehli reysini qayta ochadi, 10-noyabrda...
Shavkat Mirziyoyev geologiya tizimini rivojlantirish va sohada ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish masalalari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yig‘ilishda qazilma boyliklar resurs bazasini kengaytirish, mineral xomashyoni chuqur qayta ishlash hamda zamonaviy ilmiy va texnologik yondashuvlarni tatbiq etish dolzarb vazifalardan biri ekaniga e’tibor qaratildi.
Mutaxassislar sun’iy intellekt yordamida yangi konlarni aniqlash, geofizik tadqiqotlarni kengaytirish va raqamli texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlarini taqdim etdilar. Xususan, AQShning Kolorado konchilik maktabi bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot va amaliy ishlanmalarni birlashtiruvchi Kompetensiyalar markazini tashkil etish loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Markaz raqamli yechimlar, aerogeofizik texnologiyalar va geokimyoviy tadqiqotlar orqali istiqbolli konlarni aniqlash...
Kamerun prezidenti Pol Biya sakkizinchi muddatga qayta saylandi. Bu esa unga deyarli 100 yoshgacha hokimiyatda qolish imkonini beradi, deya xabar bermoqda CNN agentligi.
92 yoshli Biya 1982-yilda prezident lavozimini egallagan va shundan beri hokimiyatni mustahkam qo‘lida ushlab kelmoqda. U 2008-yilda prezidentlik muddatiga qo‘yilgan cheklovni bekor qilgan va har bir saylovda katta ustunlik bilan g‘alaba qozongan.
Bu yilgi saylovda uning eng kuchli raqibi 70 yoshlarning oxiridagi Issa Chiroma Bakari bo‘ldi. U ilgari hukumat matbuot kotibi va bandlik vaziri lavozimlarida ishlagan, ammo bu yil Biya bilan kelishmovchilikka borib, muxolifat partiyalari va fuqarolik guruhlari koalitsiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan keng ko‘lamli kampaniyani boshlagan.
Eslatib...
Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, uchrashuvda AQSh Davlat kotibining o‘rinbosari Kristofer Landau ham ishtirok etdi.
Suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish, sanoat, energetika, raqamlashtirish, moliya va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Serjio Gor Prezident Mirziyoyevga AQSh prezidenti Donald Trampning salomini yetkazdi. Tomonlar siyosiy muloqotning faollashgani, savdo aloqalarining kengaygani va «Yo‘l xaritasi» doirasidagi loyihalar izchil amalga oshirilayotganini qayd etdilar.
Shuningdek, xavfsizlik, terrorizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishdagi hamkorlikni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi. Uchrashuvda kelasi...
Uzum milliy raqamli ekotizimi 400 mlrd so‘mlik ikkinchi obligatsiyalar chiqarilishini tayyorlayotganini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan’ga xabar berdi.
Bu miqdor kompaniyaning birinchi muvaffaqiyatli joylashtiruviga nisbatan ancha katta bo‘lib, qarz kapitali bozoridagi o‘rnini mustahkamlash va investitsiya imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Yangi obligatsiyalar 24 foiz kupon stavkasi bilan 2 yil muddatga mo‘ljallangan bo‘lib, har biri 100 mln so‘m nominal qiymatga ega. Ular «Toshkent» Respublika fond birjasida joylashtiriladi.
Uzum moliyaviy direktori Nikita Gulyayevning ta’kidlashicha, ikkinchi chiqarilish investorlar ishonchining oshganidan dalolat beradi. Kompaniya obligatsiyalarini daromadlilik va risk darajasi nisbati bo‘yicha bozordagi eng muvozanatli vositalardan biri sifatida baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Uzum ekotizimi...
O‘zbekiston fuqarolari endilikda energiya tejamkor isitish tizimlarini o‘rnatish uchun davlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalardan foydalana oladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar uylarida energiya tejamkor tizimlar o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini davlat hisobidan qoplash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Nizom quyosh panellari, geliokollektorlar, issiqlik nasoslari hamda boshqa turdagi maishiy isitish moslamalarini o‘rnatish xarajatlarini qisman moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.
Bundan tashqari, aholining uylarini energiya auditidan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar ham to‘liq davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
Subsidiyani olish uchun fuqaro avvalo energiya auditidan o‘tishi kerak. Faqat mutaxassis xulosasidan so‘ng energiya tejamkor qurilmalar o‘rnatilishi va davlat yordami...
Taekvondo WT bo‘yicha Xitoyda o‘tayotgan Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi medalga ega bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Svetlana Osipova Xitoy Taypeyi, Janubiy Koreya va Xitoy vakillarini mag‘lub etib finalga yo‘l oldi. Hal qiluvchi bahsda esa turkiyalik kuchli raqibasi Nafisa Kushga imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa Svetlana Jahon chempionatlaridagi uchinchi medaliga ega bo‘ldi. Bungacha unda dunyo birinchiligining bitta oltin va bitta kumush medallari bor edi. Shuningdek, Osipova Parijda o‘tkazilgan Olimpiadaning kumush medali sovrindori sanaladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Osipova BAAdagi turnirda g‘olib chiqqani haqida xabar bergan edi.
Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi Nukus va Bobur ko‘chalari kesishmasi atrofida 174 tup daraxt va buta kesilgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Vazirlik inspektorlari holat yuzasidan bayonnomalar tuzib, 1,5 mlrd so‘mga yaqin zarar hisobladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, holat bo‘yicha to‘plangan barcha hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rilishini ta’minlash uchun prokuratura organlariga yuborilgan.
Avvalroq Toshkent shahar hokimligi ham Bobur ko‘chasidagi archalarning kesilgani bilan bog‘liq holatga izoh bergandi.
Unga ko‘ra, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari doirasida 83 tup piramidasimon gujum daraxti va 62 mingdan ortiq manzarali butalar ekish rejalashtirilgan. Shu jarayonda avval o‘sib turgan o‘simliklarga nisbatan e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yilgan. Hokimlik mazkur holat...
Kelgusi yilda subsidiya va imtiyozlarning natijadorligi tahlil qilinib, samarasi past bo‘lganlari bekor qilinadi. Bu haqda bugun, 27-oktabr kuni Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2026-yil uchun iqtisodiy rejalarning asosiy yo‘nalishlari tanqidiy ruhda muhokama qilindi. Mutasaddilar kelgusi yilda iqtisodiy o‘sishni 6,6 foiz darajada ta’minlab, yalpi ichki mahsulot hajmini $150 milliarddan oshirish, iqtisodiyotga kamida 400 trillion so‘m yo‘naltirish va inflyatsiyani 7 foizdan oshirmaslik prognoz qilingani yuzasidan axborot berdi.
Shuningdek, 2026-yilgi budjet loyihasida asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qolayotgan sharoitda budjet daromadlarini izchillik bilan oshirib borish, shu bilan birga, xarajatlar qismining samarali sarflanishi ustidan...
O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YIM) 2025-yilning yanvar – sentabr oylarida 7,6 foizga o‘sdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davridagi 6,6 foizlik natijadan yuqori bo‘lib, o‘sish asosan iste’mol bozori faolligi va qurilish sohasining kengayishi hisobiga ta’minlandi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, iqtisodiy o‘sishga ichki talabning ortishi, ishlab chiqarish quvvatlarining kengayishi hamda investitsiyalarni rag‘batlantiruvchi davlat siyosati turtki bergan.
Sanoat sektori 6,8 foizga o‘sib, YIMga 1,7 foiz hissa qo‘shdi. Qayta ishlash tarmoqlari umumiy sanoat ishlab chiqarishining 85,5 foizini tashkil etdi. Tog‘-kon sohasi esa atigi 4 foizga o‘sdi, elektr va gaz ta’minoti 6,6 foizga kengaydi.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida...
OnePlus kompaniyasi OnePlus Turbo modelini taqdim etadi. Qurilma hozirda Hindistonda sinovdan o‘tkazilmoqda va u kompaniyaning eng kuchli seriyalaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.
Smartprix ma’lumotiga ko‘ra, OnePlus Turbo Snapdragon 8 Gen 5 chipida ishlaydi. Bu protsessor Qualcomm’ning yangi 8 Elite Gen 5 tizimining soddalashtirilgan, lekin yuqori unumdor versiyasi hisoblanadi. Smartfon 6,7 dyuymli OLED displey bilan jihozlanadi. Ekran 1,5K aniqlik va 165 Hz yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu o‘yin va videolarda maksimal silliqlikni ta’minlaydi.
Qurilmaning asosiy afzalliklaridan biri — 8000 mA/soat sig‘imli yirik batareya. U 100 vattli tezkor zaryadlash tizimini qo‘llaydi, bu esa foydalanuvchiga bir necha daqiqada sezilarli quvvat olish imkonini beradi.
Asosiy...
Aviasales.uz servisi so‘nggi uch yildagi kam bron qilingan yo‘nalishlarni tahlil qilib, O‘zbekistondan faqat bir marta chipta olingan mamlakatlarni aniqladi. Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, bunda ro‘yxatga Serra-Leone, Jibuti, Kongo, Ruanda, Venesuela, Madagaskar, Barbados, Laos, Dominikan, Boliviya, Benin, Myanma, Peru, Ekvador, Nikaragua, Zimbabve, Shimoliy Makedoniya va Fiji kiritilgan.
Eng qimmat sayohat Nikaraguaga bo‘lgan – 10 kunlik biznes-klass safar qiymati qariyb 36 million so‘mni tashkil qilgan. Shunga o‘xshash narxdagi yana bitta sayohat Zimbabvega amalga oshirilgan. Kamdan-kam uchraydigan yo‘nalishlar orasida Dominikan Respublikasi va Nikaragua eng katta qiziqish uyg‘otdi – u yerga chiptalar tez-tez izlanardi, ammo faqat bir marta bron qilingan.
Transfermarkt platformasi Osiyoning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini yangiladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov birinchi o‘rindan joy oldi. «Brayton»ning yaponiyalik vingeri Kaoru Mitoma esa ikkinchi o‘rinni band etgan.
Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, Kaoru Mitomaning transfer qiymati $40 mlndan $35 mlnga tushgan. «Bavariya»ning janubiy koreyalik himoyachisi Kim Min Je esa $40 mlndan $32 mlnga arzonlagan. O‘zbekiston terma jamoasi va «Man Siti» himoyachisi Abduqodir Husanovning bozor qiymati esa $35 mlnni tashkil etadi.
Ro‘yxatdan, shuningdek, «Real Sosedad»ning hujumchisi Takefusa Kubo ham o‘rin olgan, yaponiyalik futbolchining qiymati 30 mlnni tashkil etadi. Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi Li Kang...
Hukumat qarori bilan O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega yirik korxonalar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, bunday korxonalar moliyaviy holatiga qarab «past xatarli», «o‘rta xatarli» va «yuqori xatarli» toifalarga bo‘linadi.
Past xavfli korxonalar yangi qarz olishda hech qanday cheklovsiz harakat qiladi; o‘rta xavfli korxonalar yangi qarz miqdori mavjud qarzlarining 5 foizidan yoki $20 milliondan oshmasa, Komissiyani xabardor qilib qarz oladi; yuqori xavfli korxonalar esa yangi qarz miqdori mavjud qarzlarining 1 foizidan yoki $5 milliondan oshmasa, Komissiyani xabardor qiladi.Agar yirik qarzdorning moliyaviy ahvoli yomonlashsa, Muvofiqlashtiruvchi komissiya ularni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tavsiyalar beradi. Bunga...
Statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, yanvar – sentabr oylarida mamlakatga 8,6 mln nafar turist tashrif buyurgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 2,8 mln kishiga yoki 49,3 foizga ko‘p.
Eng ko‘p sayyoh Qirg‘izistondan kelgan. Ularning soni 2,4 mln kishiga yetdi. Keyingi o‘rinda Qozog‘iston (2 mln) va Tojikiston (1,9 mln) fuqarolari qayd etilgan. Shuningdek, Rossiyadan 757 ming, Afg‘onistondan 343 ming, Turkmanistondan esa 275 ming sayyoh tashrif buyurgan.
Bundan tashqari, Xitoy (176 ming), Turkiya (129 ming), Hindiston (55 ming) va Janubiy Koreyadan (35 ming) ham turistlar oqimi sezilarli darajada bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xiva 2026-yil uchun eng yaxshi sayohat yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirgani haqida...
28-oktabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 12 053,46 so‘m (-63,89 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
So‘nggi besh kun ichida dollar kursida pasayish ustun bo‘ldi. 20-oktabr kuni dollar 12 108,24 so‘m (-52,75 so‘m) etib belgilangan edi. 21-oktabr kuni dollar 2 060,15 so‘mga (-48,09 so‘m) tenglashgan edi. 22-oktabr kuni dollar 12 011.02 so‘m (-49,13 so‘m) etib belgilangandi. 23-oktabr kuni dollar 12 101,29 so‘mga (+90,27 so‘m) tenglashdi. 24-oktabr kuni dollar 12 129,33 so‘m (+28,04 so‘m) etib belgilandi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 42,85 so‘mga tushib, 14 026,61 so‘mni, rubl esa 2,94 so‘mga oshib...
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu davlat rahbarlari bilan bo‘ladigan uchrashuvlarda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, hafta davomida Shavkat Mirziyoyev Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ochilishida ishtirok etadi va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish tashabbuslarini ilgari suradi.
Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, bugun davlat rahbari iqtisodiyotdagi joriy yil natijalari va 2026-yil uchun asosiy ko‘rsatkichlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi. Shuningdek, prezident AQSH vakillari Serjio Gor va Kristofer Landauni qabul qiladi.
Avvalroq AQSHning maxsus vakili Serjio Gor hamda Davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau Toshkentga yetib kelgani...
Smartfon ishlab chiqaruvchilari har yili o‘nlab yangi modellarga start beradi. Natijada hatto eng sifatli flagmanlar ham tezda eski ko‘rinishga ega bo‘lib qoladi. Ushbu maqolada 2025-yil kuzida bemalol xarid qilsa arziydigan 5 ta smartfon haqida so‘z yuritiladi.
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o‘zining S24 modeli bilan haqiqiy kompakt flagman tushunchasini tikladi. Qurilma atigi 167 gramm vaznga va 7,6 mm qalinlikka ega 6,2 dyuymli LTPO AMOLED 2X ekrani 120 Hz yangilanish chastotasi, HDR10+ qo‘llovi va 2600 nit yorqinligi bilan ajralib turadi.
Exynos 2400 protsessori tufayli telefon hatto og‘ir o‘yinlarda ham silliq ishlaydi. Kamera tizimi ham yuqori darajada...
Mutaxassislar bu safar iPhone 17 Pro smartfonida kulgili kamchilik topishdi. Bu haqda Iphones vlogi muallifi Artyom Bausov ma’lum qildi.
U iPhone 17 Pro’ni sotuvga chiqqanidan beri bir oy davomida sinovdan o‘tkazdi. U smartfonning dizayni, ishlashi va kamerasi haqida ijobiy fikr bildirib, faqat bitta noqulaylikni qayd etdi.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, iPhone 17 Pro zo‘r va o‘yinchoqday jozibali. Yangi Cosmic Orange rangi oldingi modellardan yorqinroq, quvnoqroq va ko‘zga yoqimli. Hatto ekran atrofidagi to‘q sariq ramkalar ham foydalanishga xalal bermaydi.
Apple bu safar korpus uchun alyuminiy tanlagan. Bu esa sovitish tizimini yaxshilashga xizmat qilgan. Endi issiqlik faqat bitta nuqtada to‘planmaydi, balki butun...
26-oktabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida Norvegiyada bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Bu haqda MOQ xabar berdi.
Jahon chempionatida 110 kg vazn toifasida mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritib, 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan Akbar Jo‘rayev prezident sovg‘asi BYD avtomobili hamda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi. Turnirda 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan Ruslan Nurudinov va murabbiylariga ham pul mukofoti topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, Akbar Jo‘rayev og‘ir atletika bo‘yicha «Tokio – 2020» Olimpiadasida oltin va «Parij – 2024» olimpiadasida kumush medallari sohibi hisoblanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ruslan Nurudinov jahon rekordini yangilagani...
«Toshkent» respublika fond birjasidan (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 17-oktabrdan 24-oktabrgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 2,5 foizga oshdi.
Ushbu davr mobaynida «O‘zbektelekom» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 44,12 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Qashqadaryo texnologik transport» (+20,45%) va «Garant bank» (+19,04%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.
O‘z navbatida, «Dori-Darmon» aksiyalari 7,56 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari, «Aloqabank» (-6,62%) va «Ipoteka bank» (-5,17%) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi. Faqatgina «Ipak yo‘li» aksiyalarida narxida o‘zgarish kuzatilmadi.
Ushbu davrda yuqori likvidli aksiyalardan 16 tasi haftani ijobiy, bittasi o‘zgarishsiz va 12 tasi salbiy natija...
Yaqinda taqdim etilgan Buick Electra L7 avtomobili ADAS (Navigate On Autopilot) sinovida raqobatchilarni ortda qoldirdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Sinov 26-oktabr kuni o‘tkazilgan. U «Xitoyning ikkinchi aqlli haydovchi tizimlar tanlovi» deb nomlandi. Unda shahar sharoitidagi avtopilot tizimlari 29 kilometrli yo‘nalishda sinovdan o‘tkazildi. Yo‘l davomida 28 ta svetofor, 5 ta nazorat nuqtasi va 8 ta maxsus sinov joyi mavjud edi.
Umumiy hisobda 17 ta elektromobil ishtirok etgan. Ular orasida Aito M5, Avatr 07, Denza N7, Nio ES6, Li Auto L9, Xpeng G6, Zeekr 9X, Xiaomi YU7 va Tesla Model 3 kabi mashinalar bor edi.
Yo‘nalish oldindan e’lon qilinmagan bo‘lib...