O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadze Indoneziyada bo‘lib turgani haqidagi videolar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.
Kapadze terma jamoadan iste’foga chiqqanidan keyin bir nechta klublar va terma jamoalardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgan edi. Mutaxassisning aynan shu vaqtda mamlakatda ekanligi uning Indoneziya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzodlardan biri ekanligi haqidagi taxminlarni yanada kuchaytiradi.
Indoneziya terma jamoasiga 2025-yilning yanvar oyida niderlandiyalik sobiq futbolchi Patrik Klyuvert bosh murabbiy etib tayinlagan edi. Klyuvert qo‘l ostida terma jamoa 8 ta o‘yin o‘tkazib, 3 g‘alaba, 1 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etdi. Jahon chempionatiga chiqish maqsadi bajarilmagach Klyuvert istefoga...