Guanchjou avtosalonida Great Wall’ning yangi Cannon 2026 Off-road pikapi namoyish etildi.
Modelning narxi 180 ming yuan ($24 ming)dan boshlanadi. Model yo‘l-yo‘lakay yurishga moslab yangilandi. Dizayn o‘zgarib, texnik qism modernizatsiya qilingan.
Pikap baland havo olish tizimi, masofadan boshqariladigan elektr osma tizim va K-MAN osmasi bilan jihozlangan. Unda gaz bilan to‘ldirilgan amortizatorlar va maxsus off-road shinalar mavjud. Salonida 10,25 dyuymli raqamli panel va 14,6 dyuymli ekranli media tizimi bor. Konditsioner, kruiz-kontrol va charm o‘rindiqlar ham qo‘yilgan.
Cannon 2026 Off-road to‘liq uzatma bilan keladi. Unda 3 ta differensial blokirovkasi va 9 ta off-road rejimi mavjud. Dvigateli 2,4 litrli dizel bo‘lib...