Xorazm viloyatida o‘zlarini «ko‘cha yetakchisi» sifatida ko‘rsatib, zo‘ravonlik bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda DXX xabar bermoqda.
Urganch va Xiva shaharlari hamda Bog‘ot tumanida yashovchi, 1991, 1996 va 1997-yillarda tug‘ilgan uch nafar fuqaro o‘z hududlarida «ko‘cha yechimi»ga aralashib, turli jinoyatlar sodir etib kelgani aniqlangan. Ko‘rilgan choralar natijasida ularning har biriga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, viloyatning Yangiariq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1965-yilda tug‘ilgan shaxs o‘z yashash xonadonida qimor o‘yinlarini tashkil qilgani fosh etildi. Tadbir vaqtida qimor o‘ynayotgan besh nafar shaxsdan jami 32 mln so‘m pul mablag‘i va o‘yin...