O‘zbekiston delegatsiyasi 19 – 21-yanvar kunlari Parijda bo‘lib o‘tgan «French Healthcare & Business Forum»da ishtirok etdi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.
Delegatsiyani Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov boshqardi. Forumda 300 dan ortiq delegatlar qatnashdi, shulardan 150 dan ortig‘i O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkiya, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar vakillari edi.
Delegatsiya Fransiya sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari va «Gustave Roussy» onkologiya markazi bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda onkologiya, tez yordam, kardiologiya, jarrohlik va qon quyish sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Natijada O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va markaz o‘rtasida Toshkentda «Gustave Roussy International» brendi ostida birinchi onkologiya markazini tashkil etish...