Raqobat qo‘mitasi tomonidan yengil avtomobillarni xarid qilish va servis xizmatlaridan noroziligi yuzasidan iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlar o‘rganildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning dastlabki ikki oyi davomida ushbu yo‘nalishda 154 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 106 tasi (68,8%) qanoatlantirilgan, 36 tasiga (23,4%) tushuntirish berilgan va 11 tasi vakolatli organlarga yuborilgan.
Natijasida iste’molchilarga 705,3 mln so‘m pullari qaytarib berildi. Bundan tashqari, sifatsiz deb topilgan 6 ta avtomobil yangisiga almashtirildi.
Jumladan, Toshkent shahridagi Pronto Motor Trade avtosalonidan fuqaro Tracker-2 TRK Redline avtomobilini sotib olgan, biroq mashinada nuqsonlar aniqlangan. Qo‘mita aralashuvi bilan 253,4 mln so‘mlik avtomobil yangi va...