Yangi Toshkent shahrini barpo etish tashabbusi nafaqat poytaxt, balki butun O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega loyiha hisoblanadi. Bu haqda Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Yangi Toshkentni qurish bo‘yicha qabul qilingan qaror bugungi zamon talablari va mamlakatning uzoq muddatli rivojlanish maqsadlaridan kelib chiqqan holda qabul qilingan muhim qadamdir. Loyihaning amalga oshirilishi hozirgi Toshkent shahridagi ortiqcha yukni kamaytirib, poytaxt infratuzilmasi va ekologik muhitiga sezilarli yengillik beradi.
«Bu qaror nafaqat Toshkent, balki butun O‘zbekiston uchun muhim. Aytish mumkinki, Yangi Toshkent hozirgi poytaxtning yukini yengillashtiradi, unga ma’lum ma’noda nafas olish, rivojlanish uchun yangi imkoniyat...