O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 9,717 mln so‘mni tashkil etdi. Markaziy bank 22-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 09:26 holatiga oltin quymalarini sotish va sotib olish narxlarini e’lon qildi.
Xususan, 5 grammli oltin quymaning narxi 9,474 mln so‘mdan 9,717 mln so‘mga oshdi. Uni qaytarib sotib olish narxi esa qadog‘i but holatda 9,106 mln so‘mdan 9,340 mln so‘mga, talablarga mos kelmaydigan holatda 9,014 mln so‘mdan 9,245 mln so‘mga ko‘tarildi.
Quyida oltin quymalarining grammlariga nisbatan sotish va sotib olish narxlari keltirilgan:
Shu bilan birga, Markaziy bank xalqaro qimmatbaho metallar bozori konyunkturasidan kelib chiqib, narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi...